Rivojlanish strategiyasi
Rivojlanish strategiyasi
“O‘zaeronavigatsiya” Markazining asosiy ishlab chiqarish vazifasi jarayonlarni muvofiqlashtirish, havo harakatini rejalashtirish va ta’minlashni takomillashtirish orqali parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarni bajarishdan iborat.
“O‘zaeronavigatsiya” Markazi faoliyatining asosiy yo‘nalishi havo harakatiga xizmat ko‘rsatishda parvozlar xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Parvozlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yuklangan vazifalarni bajarishda “O‘zaeronavigatsiya” Markazi tarkibiy bo‘linmalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish. “O‘zaeronavigatsiya” Markazi va uning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan Parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi (XBT) joriy etildi va faoliyati targ‘ib qilinmoqda. Parvozlar xavfsizligi doimiy ravishda havo harakatini boshqarish tomonidan baholanadi. Har oyda “O‘zaeronavigatsiya” Markazida Parvozlar xavfsizligi komissiyasi tomonidan “Parvozlar xavfsizligi kunlari” o‘tkazilib, unda parvozlar xavfsizligiga oid materiallar, jumladan, xalqaro amaliyot o‘rganiladi. Simulyatorlarda tayyorgarlikni o‘tkazish orqali havo harakatiga xizmat ko‘rsatishda nostandart vaziyatlarni ishlab chiqish uchun simulyatordan havo harakatini boshqarish majmuasida havo harakatini boshqarish xodimlarining o‘quv-tayyorgarligi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida parvozlar xavfsizligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan tarkibiy bo‘linmalarda ichki XBT auditi muntazam ravishda o‘tkaziladi.