“O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK ekologik siyosat to‘g‘risidagi nizomi
“O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK ekologik siyosat to‘g‘risidagi nizomi
“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK (keyingi o‘rinlarda – O‘ANM DUK) xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan shug‘ullanmaydi hamda sanoat korxonasi hisoblanmaydi, ammo O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot sohasini rivojlantirishda ishtirok etadi va global g‘oyalarning ahamiyati hamda atrof-muhitni muhofaza qilish zarurligini anglaydi. O‘z faoliyatining ekologik xavflari, shuningdek, tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini nazorat qilish maqsadida aynan ushbu Ekologik siyosatni qabul qildi.
1. Ekologik siyosat to‘g‘risidagi Nizomning qo‘llanish sohasi
1.1. Siyosat barcha xodimlar tomonidan bajarilishi shartdir va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro munosabatlar, ichki me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, axborot tarqatish va boshqa aloqa turlariga ta’sir ko‘rsatadigan qismda o‘z faoliyatini rejalashtirish va amalga oshirishda rahbariyat uchun tavsiya etiladi.
1.2. Siyosat O‘ANM barqaror rivojlanish sohasidagi faoliyatining maqsadlari, tamoyillari, yo‘nalishlari va vazifalarini, shuningdek, ekologiya sohasidagi faoliyatning yagona tamoyillarini belgilaydi.
1.3. Ushbu siyosat O‘ANM rasmiy veb-saytida foydalanish uchun mavjud bo‘lgan ommaviy hujjatdir.
1.4. Siyosatda keltirilgan ma’lumotlar uni tasdiqlash vaqtida dolzarbdir. Siyosat sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda kamida besh yilda bir marta qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
2. Ekologik siyosat to‘g‘risidagi Nizomning maqsadi, tamoyillari va vazifalari
2.1. O‘ANM ekologik siyosatining maqsadi tarkibiy bo‘linmalarning ekologik xavfsiz faoliyatini ta’minlash, atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish, barqaror rivojlanishni ta’minlash, hayot sifatini va xodimlar sog‘lig‘ini yaxshilash hamda O‘zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizligiga hissa qo‘shishdan iborat.
2.2. Asosiy tamoyillar:
- HHB marshrutlarini optimallashtirish va CO₂ chiqindilarini kamaytirish;
- resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilarni boshqarish;
- ekologik xavflarni boshqarish, o‘qitish va maslahat berish;
- axborot ochiqligi va shaffoflik.
2.3. Asosiy vazifalar:
- havo harakatiga xizmat ko‘rsatishda ilg‘or ekologik amaliyotlarni joriy etish;
- HK kechikishlarini kamaytirish;
- ekologik qonunchilik talablariga rioya qilish;
- ekologik xavflarni boshqarish.
2.4. Tarkibiy bo‘linmalar vazifalari ushbu Nizomga zid bo‘lmasligi kerak.
3. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar
3.1. O‘ANM quyidagi maqsadlarni amalga oshiradi:
- yashil aviatsiyani qo‘llab-quvvatlash;
- parvoz marshrutlarini optimallashtirish;
- yoqilg‘i sarfini va CO₂ chiqindilarini kamaytirish;
- elektromagnit ta’sirni va energiya sarfini kamaytirish;
- qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish;
- suv sarfini kamaytirish;
- ekologik boshqaruv tizimini joriy etish;
- maqsadlar bajarilishini monitoring qilish.
Shuningdek, muntazam ravishda:
- yashil hududlarni kengaytirish;
- ekologik nazoratni kuchaytirish;
- elektron hujjat aylanishini joriy etish;
- ekologik xavfsiz xaridlarni amalga oshirish;
- chiqindilarni xavfsiz utilizatsiya qilish;
- avariya holatlarini oldini olish;
- xodimlar malakasini oshirish.
4. Korporativ madaniyatda ekologik yondashuv
4.1. O‘ANM ekologik ongli korporativ madaniyatni rivojlantiradi, qog‘oz va energiyani tejash, chiqindilarni alohida yig‘ishni rag‘batlantiradi.
4.2. “Yashil ofis” yondashuvlari:
- yillik ekologik tadbirlar rejasi;
- ta’lim va axborot materiallari;
- bir martalik idishlardan voz kechish;
- hududlarni obodonlashtirish;
- ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.
4.3. Zamonaviy texnologiyalar orqali tabiiy resurslarga hurmatni ommalashtiradi.
5. Manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro aloqadorliklar
5.1. Manfaatdor tomonlar bilan muloqot siyosatning muhim qismidir.
5.2. Asosiy manfaatdor tomonlar:
- rahbariyat va xodimlar;
- yetkazib beruvchilar;
- davlat organlari;
- regulyatorlar;
- aholi;
- OAV.
5.3. O‘ANM ochiq va qulay aloqa kanallarini ta’minlaydi.
5.4. Axborot shaffofligi va monitoring hisobotlarini muhim deb biladi.
6. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlar va javobgarlik
6.1. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash ushbu Nizom asosida amalga oshiriladi.
6.2. Siyosat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuritiladi.
6.3. O‘ANM atrof-muhitga zarar yetkazishni oldini olish choralarini ko‘radi.
6.4. Siyosatni amalga oshirish uchun zarur resurslar ajratiladi va bu ustuvor vazifa hisoblanadi.