Parvozlar xavfsizligini ta’minlash sohasida siyosat

Hajmni ko'rsatuvchi asosiy ko'rsatkichlar

Parvozlar xavfsizligini ta’minlash sohasida siyosat

Hajmni ko'rsatuvchi asosiy ko'rsatkichlar

“O‘ZAERONAVIGATSIYA” MARKAZI DUK PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH SOHASIDA SIYOSAT

“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK mas’uliyat bilan parvozlar xavfsizligini ta’minlash va parvozlar xavfsizligining ijobiy madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashish sohasidagi o‘zining izchil siyosatini e’lon qiladi.

Parvozlar xavfsizligini ta’minlash ishlab chiqarish faoliyatimizning asosiy va ustuvor yo‘nalishi va O‘ANM DUK xodimlarining asosiy vazifasidir.

O‘ANM DUKning asosiy maqsadi barcha faoliyatimizni parvozlar xavfsizligining yuqori darajasiga, milliy va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash uchun boshqaruv strategiyasi, tizimi va jarayonlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va takomillashtirishdan iborat.

O‘ANM DUK rahbariyati va barcha xodimlari aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda parvozlar xavfsizligi darajasini doimiy ravishda oshirish uchun mas’uldirlar.

Parvozlar xavfsizligi Siyosati O‘ANM DUKning korxona maqsadlarini belgilaydigan quyidagi vazifalarga sodiqligi orqali amalga oshiriladi:

  1. Aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda parvozlar xavfsizligi darajasini doimiy ravishda oshirish.
  2. O‘ANM DUKda parvozlar xavfsizligini ta’minlashda ijobiy madaniyatini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish, shuningdek, parvozlar xavfsizligi sohasidagi siyosatni tushunish va unga rioya qilish.
  3. Parvozlar xavfsizligi strategiyasi va siyosatini amalga oshirish uchun yetarli malakali va tayyorlangan resurslar mavjudligini ta’minlash.
  4. Korxona Rahbariyatidan boshlab oddiy xodimgacha, har bir xodimning parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalari va shaxsiy javobgarligini aniq belgilash. Barcha xodimlarni parvozlar xavfsizligiga ta’sir qiluvchi xavflarni aniqlash va boshqarish bo‘yicha tadbirlarda faol ishtirok etishga jalb qilish.
  5. Parvozlar xavfsizligini ta‘minlash bilan bog‘liq bolgan xavf omillarini iloji boricha maqbul darajaga kamaytirish.
  6. Xavf-xatarlarni aniqlash va parvozlar xavfsizligini ta‘minlash bilan bog‘liq xavfni ushbu ishda barcha xodimlarni jalb qilgan holda eng past amaliy darajagacha kamaytirish bo‘yicha samarali choralarni ko‘rishda tizimli ishlarni amalga oshirish.
  7. Ishlab chiqarish faoliyati xavfsizligiga ta’sir etuvchi tashqaridan ko‘rsatiladigan xizmat va tizimlarni tegishli xavfsizlik standartlariga javob berishini ta’minlash.
  8. Xizmat ko‘rsatish faoliyatida amaldagi barcha milliy va xalqaro standartlar, me’yoriy-huquqiy talablarga qat’iy rioya qilish.
  9. Yetarli miqdordagi malakali kadrlar mavjudligini ta’minlash va ularning malakasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
  10. Barcha xodimlarning adekvat darajadagi va tegishli xavfsizlik ma’lumotlari bilan ta’minlanganligini hamda parvoz xavfsizligi masalalarida tayyorgarlikdan o‘tkazilganligi va ularning yuqori malakaga ega bo‘lishini ta’minlash.
  11. Parvozlar xavfsizligi holatini tahlil qilish va yo‘nalishlarini aniqlash uchun muntazam ravishda xavfsizlikni tekshirish va hisobot tizimini takomillashtirish.
  12. Parvozlar xavfsizligi holatini muntazam ravishda tekshirish va aniqlangan kamchilik va xavfli omillarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning yetarliligi yuzasidan nazoratni tashkil etish.
  13. Xavfsizlik va samaradorlikning eng yuqori darajalariga erishish uchun O‘ANM DUK ishlab chiqarish faoliyatining ajralmas qismi sifatida PXBTning samarali ishlashini ta’minlash.
  14. Parvozlar xavfsizligini ta’minlashda mavjud bo‘lgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar/xavflar to‘g‘risida ixtiyoriy va majburiy xabarlar tizimini qo‘llash.
  15. Ixtiyoriy xabar tizimi orqali parvozlar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar haqida xabar, agar xabar qonunbuzarlik, qo‘pol beparvolik, tartib-qoidalarning qasddan yoki yomon niyatda buzilishi haqida asosli ravishda da’vo qilinmasa bunday xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilmasligiga kafolatlarni taqdim etish.

O‘ANM DUK Rahbariyati va barcha xodimlari ushbu Siyosatni barcha tashkiliy darajalarda, uni xodimlarga va barcha manfaatdor tomonlarga o‘z vaqtida yetkazish, tushunishni ta’minlash, zarur resurslarni ajratish, PXBT faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali amalga oshirish va unga rioya qilish majburiyatini oladilar.

Direktor: D. Djumayev